«Manchester Siti» Xolandning ketishi haqidagi mish-mishlardan xavotirda emas

  • Mr.NoBoDy07.06.2026 17:13
  • 48
  • 30

«Manchester Siti» rahbariyati hujumchi Erling Xolandning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlardan xavotirlanayotgani yo‘q. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Angliya grandi «Real» bilan bog‘liq mish-mishlarga qaramay, norvegiyalik hujumchi ketish haqida o‘ylamayapti deb hisoblaydi. Xoland Angliya Premyer-ligasining eng katta klubida to‘p surayotganiga to‘liq ishonadi.

2025/26 yilgi mavsumda Xoland barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Xolandning «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali norvegiyalik futbolchini 200 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar