Allan Sen-Maksimen MLSga ko‘chib o‘tmoqda

  • Mr.NoBoDy05.06.2026 17:13
  • 72
  • 30

«Sharlott» klubi «Lans» hujumchisi Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar bermoqda L’Equipe.

Payshanba kuni, 4 iyun kuni Fransiya klubi 29 yoshli fransiyalik futbolchining erkin agent sifatida jamoani tark etganini e’lon qilgan edi.

Allan Sen-Maksimen faoliyati davomida «Nyukasl Yunayted», «Sent-Etyen», «Gannover», «Bastiya», «Nissa», «Al-Ahli», «Fenerbaxche» va «Amerika» kabi klublarda ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, Sen-Maksimen qishki transfer oynasida Meksikaning «Amerika» klubi bilan shartnomani bekor qilib, «Lans» safiga ko‘chib o‘tgan edi. U Fransiya jamoasi tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar