"Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan beri ko‘z ostiga olgan transfer maqsadidan voz kechishi mumkin

  • Mr.NoBoDy31.05.2026 11:52
  • 24
  • 30

"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Balebaning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi barbod bo‘lish arafasida. "Qizil iblislar" 22 yoshli futbolchining iste’dodini hamon yuqori baholashadi, biroq so‘nggi paytlarda unga bo‘lgan qiziqish ancha so‘ndi. The Sun nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, bunga "chaykalar" tomonidan belgilangan narx sabab bo‘lmoqda.

Manchesterliklar yarim himoyachi uchun talab qilinayotgan mablag‘ni to‘lashga tayyor emaslar, shu sababli ular boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishdi. Karlos Balebaning bozor qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 55 million yevroga baholanmoqda. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, "MYU" kamerunlik futbolchini o‘tgan yozdayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, ammo o‘shanda ham "Brayton"ning o‘ta yuqori talabi asosiy to‘siq bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Manchester Yunayted" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlar, jumladan, "Atalanta" futbolchisi Ederson bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida ekani xabar qilinmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar