
Vositachilar Milanning «Inter» klubiga «Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayrning xizmatlarini taklif qilishdi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, 33 yoshli angliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, biroq u yozda Manchesterni tark etishi mumkin.
«Neradzurrilar» Maguayrni himoyani kuchaytirish uchun ustuvor variant sifatida ko‘rmayapti. Klubning asosiy e’tibori «Udineze»dan Umar Sole bilan olib borilayotgan muzokaralarga qaratilgan. U jamoaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga mos keladigan va istiqbolli futbolchi hisoblanadi. 26 yoshli fransuz Franchesko Acherbi va Stefan de Vrey kabi tajribali himoyachilarning ehtimoliy ketishi fonida «Inter»ning qiziqish doirasiga tushgan.
«Inter» rahbariyati Sole bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Uning bozor qiymati 23 million yevroga baholanmoqda.