Rodrining atrofidagilar «Real» bilan aloqalar borligini tasdiqlashdi

  • Mr.NoBoDy31.05.2026 08:39
  • 12
  • 30

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Madridning «Real» klubi transfer maqsadlari qatorida qolmoqda. Yaqinda futbolchi o‘z vakillari orqali «qirollik klubi» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme bilan «qaymoqranglilar» safiga o‘tish imkoniyati haqida muhokama o‘tkazdi. Bu haqda Cope nashri 29 yoshli yarim himoyachining atrofidagilarga tayanib xabar bermoqda.

Shunga qaramay, hozircha hech qanday kelishuv mavjud emas, rasmiy muzokaralar ham o‘tkazilmagan. «Real» prezidenti saylovi 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Florentino Peresning yagona raqibi bo‘lgan Enrike Rikelme bir necha bor agar g‘alaba qozonsa, Ispaniya terma jamoasining yulduz futbolchisini tarkibga qo‘shib olishini aytgan, biroq uning ismini oshkor qilmagan edi. Transfermarkt ekspertlari Rodrining narxini 65 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar