
«Malyorka»ning qanot hujumchisi Xan Virxili «Barselona»ga qaytishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «Barselona» hali ham 19 yoshli ispaniyalik futbolchini yozgi transfer oynasida jamoaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, transfer summasi 15 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Virxili barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Virxilining «Malyorka» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Qo‘shimcha qilish joizki, futbolchi 2024 yildan 2025 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lgan.