
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi. U Turinning «Yuventus» klubiga o‘tish niyatida va «keksa sinyora» safiga qo‘shilishga prinsipial roziligini berdi.
37 yoshli forvard Italiyada anchagina salmoqli maosh borasida kelishuvga erishdi. «Yuventus»da u yiliga 6 million yevro maosh oladi. Shuningdek, klub Robertga turli bonuslar ham to‘lab boradi.
Avvalroq OAV Levandovski nomini «Milan» bilan ham bog‘lagan edi. Biroq futbolchining o‘zi aynan «Yuventus» variantini tanladi.