Gonsalo Garsiya faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 13:52
  • 15
  • 30

Dortmundning «Borussiya» klubi «Real Madrid» hujumchisi Gonsalo Garsiyaga da’vogarlik qilmoqda. «Arilar»ning hujumchiga bo‘lgan qiziqishi haqida avvalroq Ispaniya manbalari xabar bergan edi, endi esa bu ma’lumot Germaniya tomonidan ham tasdiqlanmoqda.

Mashhur insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Dortmund klubi Garsiyani o‘z short-listiga kiritgan. Ushbu ro‘yxatdan, shuningdek, «Xoffenxaym» a’zosi Fisnik Asllani va «Bryugge» vakili Nikolo Tresoldi ham joy olgan. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda «qaymoqranglilar» o‘yinchisi bo‘yicha rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Gonsalo Garsiya joriy mavsumda «Real» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 22 yoshli futbolchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар