
Germaniyalik hujumchi Nik Voltemade «Nyukasl»ga o‘tganidan bir yil o‘tib, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «qarg‘alar» 24 yoshli Voltemadeni sotish variantini ko‘rib chiqishmoqda. U o‘tgan yozda «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga sotib olingan edi. Eslatib o‘tamiz, bu «Nyukasl» tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi.
Joriy mavsumda Voltemade barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari hujumchining narxini 65 million yevroga baholamoqdalar.