
Braziliyaning «Fluminense» klubi safida yana bir yulduz paydo bo‘lishi mumkin — jamoaga Xalk o‘tishga yaqin turibdi. 2021 yildan beri braziliyalik futbolchi «Atletiko Mineyro» sharafini himoya qilib kelayotgan edi, biroq endilikda u klub bilan xayrlashib, «Fluminense»ga o‘tishga qaror qilgan.
Shartnoma hali rasman imzolangani yo‘q, ammo faqatgina ayrim kichik detallarni kelishib olish qolgan, xolos. Bu haqda TNT Sports nashriga tayanib derbyderbyderby.it xabar bermoqda.