«MYU» yarim himoyachisi Angliya chempionligini ko‘zlamoqda

  • Mr.NoBoDy30.04.2026 13:39
  • 39
  • 30

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt jamoasining kelgusi mavsumdagi maqsadlari va Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Men allaqachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanman, shuning uchun endigi asosiy maqsadim — APLda zafar quchish. Biz buni uddalay olamizmi? Ha, menimcha, buning iloji bor.

Balki hozircha bu maqsad biroz uzoq tuyular, ammo jamoa sifatida bor kuchimizni berishimiz uchun mana shunday ruhiyatga ega bo‘lishimiz kerak. Biz allaqachon kuchli jamoalar — «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal»ga qarshi bahslarda nimalarga qodirligimizni ko‘rsata oldik va ularni mag‘lub etdik», — deydi Maunt.

Futbolchining ta’kidlashicha, endigi vazifa barqarorlikni saqlab qolish va yuqori darajadagi o‘yinlarni tez-tez namoyish etishdan iborat.

«Endi bu natijalarni yanada yuqoriroq saviyada — Chempionlar ligasida takrorlashimiz va APLda barqarorlikka erishishimiz kerak. Umid qilamanki, kelgusi mavsumda bunda katta rol o‘ynayman. Mening maqsadim aniq — APL oltiniga ega chiqishni istayman», — deya qo‘shimcha qildi ingliz yarimhimoyachisi.

Ўхшаш янгиликлар