
«Barselona»da yozgi transferlar rejalashtirilmoqda. «Ko‘k-anorranglilar»ning iqtisodiy imkoniyatlari hali ham cheklangan bo‘lsa-da, ommaviy axborot vositalari klubni qimmatbaho futbolchilar bilan bog‘lashda davom etmoqda.
Shu bilan birga, Sport nashrining xabar berishicha, murabbiy Xans-Diter Flik va «Barsa» texnik xodimlari Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yinlarida natijalarni yaxshilash uchun jamoaga ikki-uch nafar yangi futbolchi kerak, degan yakdil fikrga kelishgan. Eng nufuzli yevrokubokning joriy mavsumida kataloniyaliklar 1/4 finalgacha yetib borishdi va u yerda Madridning «Atletiko» klubiga umumiy 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
«Barselona»ning asosiy transfer maqsadlari sifatida markaziy himoyachi Alessandro Bastoni («Inter») va hujumchi Xulian Alvares («Atletiko») ko‘rilmoqda.