APLning ikki grandi Ederson uchun «Atletiko» bilan raqobat qiladi

  • Mr.NoBoDy19.04.2026 13:00
  • 9
  • 30

«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson Yevropa grandlarining e’tibor markazida qolmoqda. Avvalroq braziliyalik futbolchining Madridning «Atletiko» klubi bilan oldindan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi, biroq bergamaliklar hozircha o‘z yulduzining sotilishiga ruxsat berishgani yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, jurnalist Devid Ornshteynning ma’lum qilishicha, ko‘plab omillar Edersonning transfer oynasi ochilishi bilan baribir klubini o‘zgartirishiga ishora qilmoqda. 26 yoshli o‘yinchi uchun «matraschilar» bilan kurashishga «Manchester Yunayted» va Londonning «Arsenal» klublari ham tayyor.

Taxminlarga ko‘ra, Edersonning transferi xaridorlarga taxminan 40 million yevroga tushadi, vaholanki ayni damda «Atalanta» futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар