
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Martinelli «tumanli Albion»ni tark etib, faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchining transferiga UYEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Parij grandi rahbariyati Martinellining o‘tishini shu yozgi transfer oynasida amalga oshirishni rejalashtirgan.
24 yoshli braziliyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Gabrielning bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. APLning joriy mavsumida Martinelli 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.