
Myunxenning «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari Zagrebning «Lokomotiv» jamoasi himoyachisi, 15 yoshli Liam Klod Kante uchun kurashga kirishdi. Hozircha futbolchining rasmiy transfer qiymati belgilanmagan. U Xorvatiya o‘smirlar terma jamoasi (U-16) safida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, iqtidorli o‘yinchiga «Xoffenxaym» va «Red Bull Zalsburg» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.
«Bavariya» Bundesliganing 29 turidan so‘ng 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Agar myunxenliklar 30-turda «Shtutgart» ustidan g‘alaba qozonsa, muddatidan oldin chempionlik unvonini naqd qiladi. «Borussiya» esa 64 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va uchinchi pog‘onadagi «Leypsig»ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda.