«Barselona» va «Bavariya» 18 yoshli himoyachi uchun kurashmoqda

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 12:52
  • 30
  • 30

«Barselona» Niderlandiyalik markaziy himoyachi, «Tvente»ning 18 yoshli iqtidorli futbolchisi Rud Neystadga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Karlos Monfort xabar berdi.

Joao Amaral boshchiligidagi skautlar so‘nggi bir necha oy davomida Neystadni kuzatib borishdi, biroq hozircha transfer shubha ostida qolmoqda. «Tvente» o‘z o‘yinchisi uchun 8 million yevro olmoqchi. «Barselona» esa bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda, muzokaralar davom etmoqda.

Myunxenning «Bavariya»si va APLning yetakchi klublari ham yosh futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Joriy mavsumda u asosiy jamoaga kirib borishga muvaffaq bo‘ldi va 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta natijali uzatmani amalga oshirdi. Uning «Tvente» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar