«Liverpul» 20 yoshli Ture uchun rekord summa sarflashi mumkin

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 12:26
  • 15
  • 30

Germaniyaning «Xoffenxaym» klubi o‘z hujumchisi Bazumana Tureni «Liverpul»ga sotishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Sky Sport Germany nashri klub sport direktori Andreas Shikerga tayangan holda xabar bermoqda.

Hozircha aniq transfer summasi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, «Xoffenxaym» faqatgina klub tarixidagi rekord darajadagi katta mablag‘ evaziga ushbu kelishuvga rozi bo‘lishi ma’lum. Klubning ayni damdagi eng qimmat sotuvi 2019 yilda amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda Joelinton 43,5 million yevro evaziga «Nyukasl»ga yo‘l olgan edi.

20 yoshli Ture Bundesliganing 25 ta uchrashuvida 3 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan va unda belgilangan tovon puli mavjud emas.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar