«Milan» germaniyalik hujumchi bilan xayrlashadi

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 12:00
  • 15
  • 30

Ijara asosida «Milan» safida to‘p surayotgan germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug Italiya top-klubida uzoq qolmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, «rossonerilar» 33 yoshli markaziy hujumchining to‘liq transfer huquqini 5 million yevro evaziga sotib olishga qiziqish bildirishmayapti. Fyullkrugning amaldagi shartnomasi Londonning «Vest Xem» klubiga tegishli.

Italiya A Seriyasining joriy mavsumida germaniyalik futbolchi 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Niklas ushbu o‘yinlarda bor-yo‘g‘i bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Mamlakat chempionatining 32 turidan so‘ng «Milan» 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar