«Arsenal» Dyokereshning o‘rniga yangi «superto‘purar» qidirmoqda

  • Mr.NoBoDy15.03.2026 12:26
  • 18
  • 30

Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Transfer News Live nashrining El Nacionalga tayanib xabar berishicha, londonliklar «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.

«Kanonirlar» 26 yoshli Alvares ularning sport loyihasidagi yetishmayotgan «detal» bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi. «Arsenal» Madrid klubining Alvares uchun so‘rayotgan 100 million yevro miqdoridagi talabini qondirishga tayyor.

Avvalroq «Arsenal» rahbariyati Viktor Dyokereshdan katta umidlar kutgan edi, biroq u hozircha «superto‘purar» vazifasini barqaror ravishda bajarishga tayyor emas.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» shanba kuni o‘z maydonida «Everton»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar