«Manchester Siti», «MYU» yoki «Arsenal»? Tonali top-klubga o‘tishga tayyor
Mr.NoBoDy15.03.2026 00:00
27
30
«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonalining agenti Beppe Rizo mijozining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Avvalroq ingliz OAVlari futbolchi yozda jamoasini o‘zgartirishi aniqligi, unga «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va Londonning «Arsenal» klublari tomonidan katta qiziqish borligi haqida xabar bergan edi.
Rizo Tonali top-klub safiga qo‘shilishga qarshi emasligini tasdiqladi.
«Angliyaga yo‘l olgan ilk lahzalaridanoq uning maqsadi yulduz darajasidagi futbolchiga aylanish edi. Menimcha, u dunyodagi eng qadrli italyan futbolchilaridan biri hisoblanadi», — deya agentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Calcio E Finanza.
Joriy mavsumda Tonali 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.