"Borussiya" Dortmund yulduzi "Real"dan taklif kutmoqda

  • Mr.NoBoDy14.03.2026 14:13
  • 18
  • 30

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek o‘z kelajagi haqida bosh qotirmoqda.

Futbolchi bir qarorga kelishga shoshilmaslikni ma’qul ko‘rmoqda. Shlotterbekka Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda, biroq hozirgi vaqtda madridliklar futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishgani yo‘q. Himoyachi «Real»ga o‘tishga ijobiy qaramoqda va Ispaniya klubining taklifini kutishga tayyor.

Dortmundning «Borussiya» klubi esa Niko Shlotterbekni qo‘yib yuborishni istamayapti. Nemis klubi himoyachiga shartnomani uzaytirish bo‘yicha «ambisiyali» taklif tayyorlamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar