Angliya terma jamoasi himoyachisiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy14.03.2026 14:00
  • 21
  • 30

«Yuventus» klubi «Tottenxem» qanot himoyachisi Jed Spensga da’vogarlik qilmoqda.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda «shporlar»ning asosiy tarkibida muntazam maydonga tushmoqda, biroq shu yozda jamoani tark etishi mumkin. Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, «keksa sinyora» angliyalik futbolchini o‘z qiziqishlari ro‘yxatiga kiritgan. Har ikki qanotda o‘ynay oladigan lateralning narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 30 million yevroga baholanmoqda.

Jed Spens Italiyada o‘ynash bo‘yicha kichik tajribaga ega: u 2023/24 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida «Jenoa» safida to‘p surgan. Joriy mavsumda futbolchi «Tottenxem» libosida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar