«Manchester Yunayted» safida yana bir Fernandesh paydo bo‘lishi mumkin

  • Mr.NoBoDy13.03.2026 15:13
  • 30
  • 30

«Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Jurnalist Aleks Krukning xabar berishicha, agar «bolg‘achilar» Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qola olishmasa, portugaliyalik futbolchi o‘zini sotishlarini talab qiladi. 21 yoshli o‘yinchiga asosiy da’vogarlardan biri «Manchester Yunayted» bo‘lib turibdi, shuningdek, boshqa klublar ham vaziyatni kuzatib borishmoqda.

«Transfermarkt» portali bahosiga ko‘ra, Mateush Fernandeshning qiymati 35 mln yevroni tashkil etadi. O‘tgan yilning avgust oyida «Vest Xem» futbolchini «Sautgempton»dan 44 mln yevro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda xavbek London jamoasi safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar