Zirkzee «Manchester Yunayted»ni tark etib, A Seriyaga qaytishi mumkin

  • Mr.NoBoDy13.03.2026 15:13
  • 9
  • 30

«Manchester Yunayted» Djoshua Zirkzeeni 2024 yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Hujumchi jamoaga «Bolonya»dan o‘tgan. Transfermarkt transfer qiymatini 42,5 mln yevroga baholamoqda.

Zirkzee «MYU» safida jami 69 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarda hujumchi 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Djoshua Zirkzee yozda Angliyani tark etishi mumkin. Futbolchi «Manchester Yunayted»dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, unga A Seriya klublari qiziqish bildirishmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar