"Arsenal" himoyachisi "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy12.03.2026 17:00
  • 30
  • 30

«Arsenal» himoyachisi Rikardo Kalafyori «Chelsi»ga o‘tishi mumkin.

CaughtOffside nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘klar» shu yozda italiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatidalar. Futbolchining o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda, shu sababli transfer variantini ko‘rib chiqishga tayyor. «Chelsi» Kalafyorini «Arsenal»ga o‘tishidan oldin ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq o‘shanda kelishuv amalga oshmay qolgandi.

Rikardo Kalafyori 2024 yilda «Bolonya»dan «Arsenal»ga 43 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «to‘pchilar» bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 23 yoshli italiyalik londonliklar safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kalafyorining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar