Jeremi Doku Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy12.03.2026 16:13
  • 39
  • 30

«Manchester Siti» hujumchisi Jeremi Doku faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Grem Beylining ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. «Matraschilar» belgiyalik futbolchining transferini shu yozda amalga oshirishga harakat qilib ko‘rishadi. Shu bilan birga, hujumchining o‘zi hozircha «shaharliklar» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Jeremi Doku 2023 yilda «Renn»dan «Manchester Siti»ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Dokuni 65 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar