
Chexiyalik darvozabon Antonin Kinski Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan bahsdagi omadsiz ishtirokidan so‘ng Londonning «Tottenxem» jamoasini tark etishi mumkin. Ushbu uchrashuvda posbon uchta gol o‘tkazib yubordi va 17-daqiqadayoq zaxiraga olindi.
The Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «shporlar» 22 yoshli futbolchini mavsum yakunlangach, ijaraga berib yuborish niyatidalar.
Kinski London jamoasi safiga o‘tgan yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Antonin va ingliz klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Darvozabonning transfer qiymati 13 million yevroga baholanmoqda.