Yulian Brandt APLga yo‘l olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy12.03.2026 15:00
  • 9
  • 30

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin «asalarilar» safini tark etadigan Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Yulian Brandtda Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirish variantlari paydo bo‘ldi.

Football Insider nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik xavbek bilan shartnoma imzolashga Londonning «Arsenal» va Birmingemning «Aston Villa» klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub futbolchi erkin agentga aylanadigan yozgi transfer oynasida Brandtni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida Yulian dortmundliklar safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar