
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares kelayotgan yozda «Barselona»ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Argentinalik futbolchi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan «ko‘k-anorranglilar» e’tiborida qolmoqda. Jurnalist Fernando Poloning ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy muammo hujumchining narxi bo‘lib turibdi: «Barselona» bonuslar bilan birgalikda 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyor emas. «Matraschilar»ni bunday shartlar qanoatlantirishi amrimahol, demak, futbolchining o‘zi kataloniyaliklar safiga o‘tish uchun faol tarzda talab qo‘yishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Transfermarkt portali Xulian Alvaresning qiymatini aynan 100 million yevroga baholamoqda. Yanvar oyi oxirida «Atletiko» hujum yetakchisi 26 yoshni qarshi oldi.