«Yuventus» Vikarioni sotib olish borasida ikkilanmoqda: Turinliklarga ishonchliroq darvozabon kerak

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 12:39
  • 24
  • 30

«Yuventus» klubi «Tottenxem» darvozaboni Gulyelmo Vikarioni transfer qilish maqsadga muvofiq ekanligiga shubha qilmoqda.

Turin klubi joriy mavsum yakunlanganidan keyin vataniga qaytishni istayotgan italiyalik posbon uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Jurnalistlar Fabrisio Romano va Matteo Moretto bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Yuventus»dagilarning hammasi ham «shporlar»ning 29 yoshli futbolchisini sotib olish g‘oyasini ma’qullamayapti. «Keksa sinyora»ning ayrim vakillari jamoaga ishonchliroq darvozabon kerak deb hisoblashadi.

Transfermarkt portali Gulyelmo Vikarioning narxini 23 mln yevroga baholamoqda. Angliyaga ketishdan oldin u «Empoli» sharafini himoya qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar