"Arsenal" "Real"ning katta tajribaga ega futbolchisini tekinga olishni maqsad qildi

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 11:39
  • 33
  • 30

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger mavsum yakunlanganidan keyin Londonga qaytishi mumkin.

"Qirollik klubi" 33 yoshli "Chelsi" sobiq futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti, shu sababli u iyul oyidayoq erkin agentga aylanishi mumkin. Football Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olishga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" vakillari nemis futbolchisining tajribasi va yetakchilik fazilatlari jamoaga katta yordam beradi, deb hisoblashmoqda.

Antonio Ryudiger 2022 yilning yozida "Chelsi"dan "Real"ga ko‘chib o‘tgan edi. "Ko‘klar" safida to‘p surgan vaqtida futbolchi Premyer-ligada 133 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar