"Liverpul" yulduzi klub rahbariyatiga transfer bo‘yicha so‘rov yubordi

  • Mr.NoBoDy11.03.2026 11:39
  • 36
  • 30

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister klubdagi faoliyatini yakunlab, boshqa jamoaga o‘tish niyatida. Bu haqda fichajes.net portali xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ingliz klubi o‘z futbolchisidan transfer borasida so‘rov olgan. Xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi. Avvalroq, argentinalik futbolchining nomi "PSJ" va "Real" klublari bilan bog‘langan edi.

Mak Allisterning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 80 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi APL doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar