LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 03:00
  • 4086
  • 30

LaLiganing 27-turi doirasidagi "Selta" - "Real" bahsi yakunlandi.

LaLiga. "Selta" - "Real Madrid" 1:2

Gollar: 11 - Orelen Chuameni, 25 - Borxa Iglesias, 90+4 - Federiko Valverde

"Selta": 13. Yonuc Radu, 32. Xavi Rodriges, 3. Oskar Mingesa (10. Yago Aspas, 83'), 5. Serxio Karreyra, 2. Karl Starfelt, 20. Markos Alonso, 16. Migel Roman, 6. Ilash Moriba (15. Matias Vesino, 90+1), 19. Uillot Svedberg (8. Fer Lopes, 70'), 9. Ferran Jutgla (23. Ugo Alvares, 70'), 7. Borxa Iglesias (39. Jons El-Abdellaui, 70').

Zaxira: 1. Ivan Vilyar, 24. Karlos Dominges, 12. Manu Fernandes, 17. Xavi Rueda, 4. Jozef Aydu, 14. Alvaro Nunes, 22. Ugo Sotelo.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 14. Orelen Chuameni, 23. Ferlan Mendi, 17. Raul Asensio, 45. Tyago Pitarch (37. Manuel Moran, 90'), 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (38. Sesar Palasios, 65'), 7. Vinisius Junior, 21. Braim Dias (16. Gonsalo Garsiya, 77').

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 43. Serxio Mestre, 2. Daniel Karvaxal, 20. Fransisko Garsiya, 27. Diego Aguado, 28. Xorxe Sestero, 48. Lamini Fati.

Ogohlantirishlar: 31 - Borxa Iglesias, 86 - Orelen Chuameni, 90 - Raul Asensio


90+6. O'yin yakunlandi!

90+5. Bosh hakam VARni tingladi, gol va ungacha bo'lgan vaziyatda hech qanday o'yin qoidasi buzilmagani malum bo'ldi.

90+4. GOL! Valverde hisobni oshirdi! Fedening uzoqdan tepgan to'pi rekoshetga uchrab darvozaga kirdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Aspasdan zarba!!! Yagoning tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi...

83. "Selta" himoyachini zaxiraga olib, hujumni maydonga tushirdi. 

79. Pitarchning zarbasini "Selta" futbolchisi to'sib qolib, qaytardi.

77. "Real" safidagi ikki etakchilardan biri - Dias va Gyuler zaxiraga olindi. Qiziq, Arbeloa, qiziq.

72. Penalti berilmadi, o'yin davom etadi. Bundan avval Sesar raqib futbolchisini itarib yuborgan ekan. 

71. Qiziq, ehtimoliy penalti VAR orqali ko'rilmoqda. Jutgla o'yin qoidasini buzgan bo'lishi mumkin. Qizig'i u bir daqiqa avval zaxiraga olindi. Burchakdan to'p uzatilayotganda qo'li bilan to'pni urib yubordi.

69. Fede Valverde uzoqdan tepib ko'rdi, biroq noaniq.

68. Bu safar zarba Palasiosdan bo'ldi. Sesarning tepgan to'pi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

67. Vinisiusning uzoq masofadan tepgan to'pini Radu ushlab oldi.

64. Pitarchdan zarba, to'p yo'ldagi himoyachilardan biriga tegib qaytdi...

61. Valverdening uzatmasiga Braim Dias etib bora olmadi. 

60. "Sela" futbolchisidan zarba! Ammo to'pni Kurtua ushlab oldi...

55. Takidlash lozim, bugun madridliklar chap qanotdan hujum uyushtirish soni km. Asosiy vaziyatlar o'ng qanotdan bo'lmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli zarba! Svedbergning jarima maydonchasi ichidan tepgan to'pini Kurtua qaytardi! Dahshat vaziyat, super seyv!

43. Tezlik yuqori emas o'yinda. "Selta" qarshi hujumni o'ylayotgan bo'lsa, "Real"da asosan jarima maydonchasi tashqarisidagi holat. Ammo yaqin 10 daqiqada aytarli xavfli hujum ko'rmadik.

40. Jutglaning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

35. Yana bir zarba Chuamenidan! Franciyalik himoyachi tepgan to'p darvozaga aniq bormadi.

31. Madrid klubi har tomonlama hujumga o'tishni izlamoqda, ammo "Selta" yaxshi himoyalanmoqda.

26. O'zi "Real" gol urgach aytarli xavfli hujum ko'rmagan edik. Qani, buyog'iga nima bo'larkin?!

25. GOL! "Selta" hisobni tenglashtirdi! Svedberg jarima maydonchasiga kirib borib to'pni markazga uzatdi, bu erda Iglesias to'pga oyoq qo'yib, gol urdi!

19. Valverdedan zarba! Ammo to'p noaniq ketdi.

18. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. O'zaro uzatmalar orqali raqib himoyasini yorib o'tishga urinmoqda.

15. Iglesias darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Kurtua to'pni qaytardi. Qo'shimchasiga bu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.

14. Ikkita fakt: bugun Madrid klubi o'zining 124 yilligini nishonlamoqda. Keyingisi - jamoaning bugun zaxira o'rindig'ida siz tanimaydigan kamida 6 kishi bor. 

13. "Selta" goldan so'ng oldinga o'tmoqda. O'yin yanada qizishi aniq.

11. GOL! Chuameni hisobni ochdi! Gyulerning uzatmasidan so'ng Orelen tepgan to'p darvozadan joy oldi!

11. Zarba berish navbati Chuamenida! Uning tepgan to'pi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

10. Vini!!! U jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib, ortga qaytdi... Etiborli tomoni, zarba berilayotgan vaqtda "Selta" himoyachisi Vinini ortdan itarib yuborgandi.

6. Yana bir zarba Iglesiasdan! Bu safar Kurtua to'pni qaytarib yubordi...

1. Dastlabki hujum mezbonlardan bo'ldi, ammo zarba noaniq ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni LaLiganing 27-turi doirasidagi "Selta" - "Real Madrid" bahsining matnli translyaciyani kuzatishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar