
- O'yin haqida nima deysiz?
- O'yin yaxshi o'tdi. Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Lekin ko'proq gol urish uchun ko'proq harakat qilishimiz kerak edi, chunki 2:0 etarli emas. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
- 26 yoshingizda Evropadan Osiyoga yo'l olishingizning asosiy sababi nima?
- Bungacha Albaniyada edim va u erda bazi muammolar bor edi. Osiyoda o'ynash uchun men uchun yangi imkoniyat. Mavsum davomida nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

- O'zbekiston Superligasiga moslashuvingiz qanday kechmoqda?
- Buni siz menga aytishingiz kerak, chunki o'zim bilmayman. Umid qilamanki, biz mavsumni yaxshi o'tkazamiz.