LaLiga. "Selta" - "Real" 0:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 01:16
  • 668
  • 30

LaLiganing 27-turi doirasidagi "Selta" - "Real" bahsining matnli translyaciyani ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

LaLiga. "Selta" - "Real" 0:1

Gollar: 11 - Orelen Chuameni

"Selta": 13. Yonuc Radu, 32. Xavi Rodriges, 3. Oskar Mingesa, 5. Serxio Karreyra, 2. Karl Starfelt, 20. Markos Alonso, 16. Migel Roman, 6. Ilash Moriba, 19. Uillot Svedberg, 9. Ferran Jutgla, 7. Borxa Iglesias.

Zaxira: 1. Ivan Vilyar, 24. Karlos Dominges, 12. Manu Fernandes, 17. Xavi Rueda, 4. Jozef Aydu, 14. Alvaro Nunes, 15. Matias Vesino, 22. Ugo Sotelo, 39. Jons El-Abdellaui, 8. Fer Lopes, 23. Ugo Alvares, 10. Yago Aspas.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 14. Orelen Chuameni, 23. Ferlan Mendi, 17. Raul Asensio, 45. Tyago Pitarch, 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler, 7. Vinisius Junior, 21. Braim Dias.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 43. Serxio Mestre, 2. Daniel Karvaxal, 20. Fransisko Garsiya, 27. Diego Aguado, 28. Xorxe Sestero, 37. Manuel Moran, 38. Sesar Palasios, 16. Gonsalo Garsiya, 48. Lamini Fati.


14. Ikkita fakt: bugun Madrid klubi o'zining 124 yilligini nishonlamoqda. Keyingisi - jamoaning bugun zaxira o'rindig'ida siz tanimaydigan kamida 6 kishi bor. 

13. "Selta" goldan so'ng oldinga o'tmoqda. O'yin yanada qizishi aniq.

11. GOL! Chuameni hisobni ochdi! Gyulerning uzatmasidan so'ng Orelen tepgan to'p darvozadan joy oldi!

11. Zarba berish navbati Chuamenida! Uning tepgan to'pi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

10. Vini!!! U jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib, ortga qaytdi... Etiborli tomoni, zarba berilayotgan vaqtda "Selta" himoyachisi Vinini ortdan itarib yuborgandi.

6. Yana bir zarba Iglesiasdan! Bu safar Kurtua to'pni qaytarib yubordi...

1. Dastlabki hujum mezbonlardan bo'ldi, ammo zarba noaniq ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni LaLiganing 27-turi doirasidagi "Selta" - "Real" bahsining matnli translyaciyani kuzatishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar