"Bavariya" Keynning o‘rnini uzoq muddatga bosa oladigan ideal nomzod topdi

  • Mr.NoBoDy05.03.2026 17:00
  • 57
  • 30

Myunxenning «Bavariya» klubi «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» Osimxenni sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, chunki jamoa hujumchisi Xarri Keyn klubni tark etishi mumkin deb hisoblaydi. Nemis grandi Osimxenni Keynning o‘rnini uzoq muddatga bosa oladigan ideal nomzod deb ishonmoqda.

Joriy mavsumda 27 yoshli Osimxen 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nigeriyalik futbolchining «Galatasaroy» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari to‘purarning transfer qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar