"Liverpul" va "Nyukasl" Luis Suaresga qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy03.03.2026 17:00
  • 12
  • 30

"Liverpul" va "Nyukasl Yunayted" klublari 28 yoshli kolumbiyalik hujumchi Luis Suaresni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda. Bu haqda Sports Boom nashri yozmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, ushbu transfer arzonga tushmaydi. Suares Portugaliyaning "Sporting" klubiga tegishli bo‘lib, lissabonliklar o‘z futbolchisi uchun kamida 60 million yevro talab qilishadi.

Suares Ispaniyaning "Almeriya" klubidan o‘tganidan so‘ng, 2025 yildan buyon "Sporting"da to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi Portugaliya klubi safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar