"Milan" futbolchisiga "Fulxem" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy03.03.2026 16:52
  • 18
  • 30

Yarim himoyachi Yunus Musa yozda "Milan"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi APLga yo‘l olishi mumkin. Unga "Fulxem" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirmoqda. Hozirda Musa ijara asosida "Atalanta" safida to‘p surmoqda. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 18 million yevroga baholagan.

Joriy mavsumda Yunus Musa "Atalanta" tarkibida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda yarim himoyachi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar