"Arsenal" Norvegiya terma jamoasi hujumchisini ko‘zlamoqda

  • Mr.NoBoDy15.02.2026 13:52
  • 57
  • 30

Londonning "Arsenal" klubi 20 yoshli norvegiyalik hujumchi Antonio Nusa bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Fussball Daten" nashri yozmoqda.

Norvegiyalik futbolchi Belgiyaning "Bryugge" klubidan o‘tganidan so‘ng, "Leypsig"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Bundesliga klubi hujumchini 50-60 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Joriy mavsumda Nusa barcha turnirlarda klub safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 3 ta urilgan gol va 3 ta golli uzatma mavjud.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar