
Eslatib o'tamiz, forvard UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) maydonga tushmagach, milliy jamoa ixtiyorini o'zboshimchalik bilan tark etgan edi. Shundan so'ng u bayonot e'lon qilib, Jorje Jezushni unga berilgan vadalarni buzganlikda aybladi. Xususan, murabbiy matbuot anjumanida Krishtianu bilan kelishilgan gaplarni emas, boshqa narsani gapirganini ta'kidladi.
Shu tariqa, 5 noyabr kuni Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.
- Bazilar Ronalduning xalqaro maydondan ketishini biroz shon-sharafsiz yuz berdi, deb hisoblamoqda. Nima deb o'ylaysiz, u kelajakda bundan afsuslanadimi? Messi bilan ulkan hurmat-ehtirom ostida xayrlashishdi. Ronaldu esa murabbiy bilan yuz bergan xunuk bahsdan so'ng ketdi, Pirs Morgan esa uning PR-agentidek yugurib, murabbiyni bunday darajada hech qachon o'ynamagan va nima haqida gapirayotganini bilmaydigan ahmoq, deb atadi. Ronalduning terma jamoadan ketishi haqida qanday fikrdasiz? - Men ham shunga o'xshash yo'l tutganman va bundan hanuzgacha pushaymonman (kuladi). Bazida his-tuyg'ularga berilib qaror qabul qilasan va o'zing istamagan shov-shuvni keltirib chiqarasan.
Men unga hamdardman. O'sha lahzada u qanday tuyg'ularni his qilganini tushunaman. Bu eng yaxshi qarormidi? Unday deb o'ylamayman. Terma jamoadan shu tarzda ketganimdan hanuzgacha afsuslanaman.
Umid qilamanki, u o'zi munosib bo'lgan Portugaliya safidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi. Balki uning uchun maxsus o'yin, o'rtoqlik bahsi tashkil qilishar. Bunga chindan ham umid qilaman. Chunki u Portugaliya tarkibida fantastik o'yin ko'rsatgan, - deya javob berdi Gullit "Kristal Pelas"ning sobiq xo'jayini Saymon Jordanning savoliga.