"Fenerbaxche" Kyuytning jamoadan ketganini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 15:48
  • 124
  • 30

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi matbuot xizmati oktyabr oyining oxirida birinchi jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan niderlandiyalik mutaxassis Dirk Kyuytning iste'fosini ma'lum qildi.

"Rahmat, Dirk Kyuyt! Bizning ko'k-sariq tariximiz ko'p yillar oldin boshlangan va o'rtamizdagi rishtalar hech qachon uzilmagan. Avval maydonda, keyinroq esa uning chetida biz bilan birga bo'lding. Yo'l-yo'l libosga bo'lgan muhabbating va sadoqating bilan har birimizning qalbimizdan alohida joy egallagansan. Ushbu ranglarga qo'shgan barcha hissang uchun senga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Bugun sen bilan xayrlashamiz, ammo bu katta oiladagi o'rning hech qachon shubha ostiga olinmaydi. Chunki bazi xayrlashuvlar - bu ayriliq emas, balki abadiy rishtalarning ifodasidir. Oq yo'l, Dirk!" - deyiladi "Fenerbaxche" matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilingan xabarida.

Ўхшаш янгиликлар