
Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) mamlakatda onlayn bukmekerlik faoliyati taqiqlanişi oqibatida futbol sohasi köradigan moliyaviy zararni baholadi.
CBF vakilining Braziliya Federal Oliy sudidagi oçiq eşituvlarda bildirişiça, 2027 yilda mamlakat futboli taxminan 420 million real, ya’ni 80 million dollarga yaqin mablağ yöqotadi. Keyingi yillarda moliyaviy zarar yanada oşişi mumkin.
Konfederasiya ma’lumotlariga köra, bukmekerlik kompaniyalari Braziliya çempionatining ikki yuqori divizionidagi 40 ta klubdan 27 tasining boş homiysi hisoblanadi. Uşbu şartnomalarning umumiy qiymati qariyb 1 milliard realni taşkil etadi. Bu klublarning barça homiylik daromadlarining 35 foiziga teng.
CBF bukmekerlik kompaniyalarining bozordan çiqib ketişi homiylik şartnomalari qiymatining pasayişiga olib keladi, deb hisoblamoqda. Yöqotişlarni qoplaş uçun klublar futbolçilarni faolroq sotişga majbur böladi. Bu esa transfer bozoriga ham ta’sir körsatadi.
«Braziliya futboli böylab qor köçkisi kabi ta’sir yuzaga keladi. Butun futbol ekotizimining qiymati pasayadi. Hokimiyat vakillarini aholi salomatligini himoya qiliş hamda futbolning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda muvozanatli yeçim topişga çaqiramiz», — deyiladi konfederasiya bayonotida.
Eslatib ötamiz, 25 sentyabr kuni Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva bukmekerlik faoliyati va qimor öyinlari reklamasini taqiqlaş töğrisidagi hujjatni imzolagan edi. 6 oktyabrdan boşlab qonuniy faoliyat yuritgan operatorlarning saytlari va ilovalari öz işini töxtatdi.
Çeklovlar joriy etilguniga qadar bukmekerlik kompaniyalari Braziliyaning A Seriyasidagi 20 ta klubdan 14 tasining boş homiysi bölgan.