Muhim dubl, jarimadan urilgan gol va "quruq" darvoza. Proligada 26-turning eng yaxshilari aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 14:32
  • 67
  • 30

9 noyabr kuni Proliganing joriy mavsumdagi so'nggi tur bahslari (26-tur) bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Jamoliddin Rahmatullaev, "Respublika FA".

Turning eng ko'p muhokama qilingan bahsida Jamoliddin Rahmatullaev jamoasi “G'azalkent”ni mehmonda 3:0 hisobida taslim qildi. Mehmonda qo'lga kiritilgan “quruq” va yirik g'alaba Rahmatullaevni tur murabbiyiga aylantirdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya.jpg

Tur futbolchisi - Daler To'xsanov, “Olimpik MobiUz”

Daler To'xsanov “Jayxun”ga qarshi bahsda o'ta muhim gollarni urishga muvaffaq bo'ldi. “Olimpik MobiUz” 3:0 hisobida zafar quchdi, To'xsanov o'z hisobiga dubl yozib qo'ydi va jamoasi Proliga pley-off bahslarida ishtirok etishi uchun katta yordam berdi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya.jpg

Tur darvozaboni - Nematulloh Rustamjonov, "Respublika FA"

Nematulloh Rustamjonov “G'azalkent”ga qarshi bahsda o'zini juda yaxshi ko'rsatdi va darvozasini “quruq” saqlashga muvaffaq bo'ldi. Mavsumning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'yinning birinchi bo'limida Rustamjonov uchrashuvda burilish yasagan seyvga mualliflik qildi. Nematulloh jamoasini muqarrar goldan qutqarib, “Respublika FA” g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya.jpg

Tur goli - Abror Toshqo'ziev, “Sho'rtan”

Tur goli “Sho'rtan” vakili Abror Toshqo'ziev “cho'ntagi”ga ketdi. Toshqo'ziev “BuxDu”ga qarshi bahsning 79-daqiqasida jarimadan gol urdi. U chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga olib, “Sho'rtan”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya.jpg

Ўхшаш янгиликлар