Kurtua Mourinyu haqida: "U "Real"ga kelganida menga yozgandi, men esa 2 hafta javob bermagandim - xabarni ko'rmagan ekanman"

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 18:16
  • 279
  • 30

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, Kurtua va Mourinyu avvalroq 2014 yildan 2015 yilga qadar Londonning "Chelsi" klubida birgalikda faoliyat yuritishgan edi.

"U bilan yana ko'rishish juda yoqimli. Uning qaytishi menda quvonch uyg'otdi. Joze "Real"ga kelganida menga xabar yozgan edi, lekin men unga ikki hafta davomida javob bermadim. O'shanda samolyotda edim va xabarni darhol payqamagan ekanman.

Uning o'zi ham ulg'ayganini, tajriba ortidan xotirjamroq bo'lib qolganini aytmoqda. "Chelsi"da u kiyim almashtirish xonasida qattiqqo'lroq edi, lekin xarakteri o'zgarmagan. U butun bo'shliqni o'zi bilan to'ldiradi - kiyim almashtirish xonasiga kirganida, uning huzuri darhol seziladi. Bizga aynan shunday inson yetishmayotgan edi", - dedi Kurtua.

Ўхшаш янгиликлар