Mbappe Turkiya bilan o'yinda Zidan uni qanotga o'tkazib, Dembeleni markaziy hujumchi poziciyasiga qo'yganidan norozi

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 16:56
  • 276
  • 30

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe hamda milliy jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'rtasidagi munosabatlar murakkablashmoqda, deb xabar bermoqda L’Equipe nashri.

Xususan, Turkiyaga qarshi kechgan o'yinda (1:0) murabbiyning uni chap qanotga tushirib, markaziy hujumchi poziciyasida Usmon Dembeleni o'ynatish qarori Mbappega mutlaqo yoqmagan.

Ma'lumot o'rnida, sentyabr oyida forvard tizzasidan olgan jarohati sababli terma jamoa ixtiyorini muddatidan oldin tark etgan edi. Manbaning qayd etishicha, o'sha mashg'ulotlar yig'ini davomida Zidan va Mbappe o'zaro deyarli gaplashishmagan.

Ўхшаш янгиликлар