Pochettino tayinlangan taqdirda MYU AQSH futbol federatsiyasiga 10 mln dollar kompensaciya to'lashi kerak bo'ladi

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 16:32
  • 265
  • 30

"Manchester Yunayted" Maurisio Pochettino bilan hamkorlik borasida o'zaro kelishuvga erishdi va argentinalik mutaxassis klub bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin turibdi.

Avvalroq AQSH terma jamoasini boshqarayotgan Pochettino Maykl Kerrik iste'foga chiqarilgan taqdirda, mankunianliklar ustozi bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri ekanligi ma'lum bo'lgan edi.

talkSPORT jurnalisti Aleks Krukning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar principial kelishuvga erishishgan. Navbatdagi qadam sifatida "Yunayted" AQSH futbol federatsiyasiga 10 million dollar miqdorida tovon puli to'lab berishi talab etiladi.

Ma'lumot o'rnida, "Manchester Yunayted" APLning ortda qolgan 10 turidan so'ng 8 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар