
- Mourinyu xotirjamroq bo'lgani va hissiyotlarini jilovlashni o'rganganini ta'kidlab qaytdi. Siz bunday o'zgarishlarga ishonasizmi? - Yo'q, odamlar o'zgarmaydi. U g'alabali onlarda avvalgidek maftunkor va mag'lubiyatni qabul qilishi ham hamon shunchalik qiyin. Ammo xotirjamlik unga foyda keltirmoqda, deb hisoblayman. So'nggi o'zgarishlar - e'tiborning qo'pol kuchdan yaratuvchan o'yinga qaratilishi - "Real"ga juda katta foyda keltirdi.
- Siz "Real" sport direktori lavozimida ishlagan vaqtingizda Mourinyu bilan o'rtangizdagi qarama-qarshilikda Peres murabbiyning tarafini olgan edi. Sizda gina saqlanib qolganmi? O'sha mojaroli matbuot anjumanida u seksistik va irqchilikka oid fikrlarni bildirganida nimani his qildingiz - quvonchmi yoki xafagarchilik? - Quvonch haqida gap bo'lishi mumkin emas, Florentinoga achinish niyatim ham yo'q. Bu "Real"ning buyuk tarixida iz qoldirgan shaxs, o'zidan keyin ulkan meros qoldiradigan insondir. Xatolarga kelsak - boshqa har qanday odamdagi kabi, ularni insoniy tabiatning bir ko'rinishi sifatida qabul qilish kerak, - dedi "Real"ning sobiq ustozi.