Jud Bellingem: "Ovqat pishirishni bilmayman, mashina haydamayman, lekin o'z ishimning ustasiman"

  • Mr.NoBoDy 11.11.2026 11:24
  • 534
  • 30

"Real" hamda Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem maishiy hayotda o'zini tajribasiz his qilishini tan oldi.

"Futbol borasida o'zimni etuk his qilaman, chunki qariyb 400 ta o'yin o'tkazdim, ammo hayotda, to'g'risini aytsam, hozir o'zimni bunday etuk deb hisoblamayman. Ovqat pishirishni bilmayman, mashina haydamayman... O'z ishimning ustasiman, lekin qolgan barcha narsalarda... Unchalik emas.

Men do'stlarim, oilam - oshpaz, farrosh, onam yoki boshqa har qanday insonning yordamiga tayanaman. Holat shunday. Men har kuni, ertadan kechgacha ishlayman, keyin esa uyga kelganimda... Ehtimol, bazi eng oddiy maishiy yumushlarni bajarishni o'rganish haqida qayg'urmagandirman. Ammo buning uchun hali vaqt va imkon topilishiga aminman", - dedi 23 yoshli xavbek.

Ўхшаш янгиликлар