iks
ads

"Lokomotiv" - "Andijon" juftligidagi imkoniyat, zaxiradan tushgan futbolchilar va boshqalar - "Qizilqum" murabbiyining matbuot anjumanidagi fikrlari

  • Mr.NoBoDy 25.10.2026 21:24
  • 615
  • 30

Superliganing 25-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Qizilqum" murabbiyi Obid Hudoyorov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yinda bizda ko'proq vaziyatlar bo'ldi, lekin to'pni asosan raqiblar ushlab turdi. Agarda so'nggi daqiqalardagi vaziyatni urganimizda, o'yinni yutib ketardik. Turopov maydonga tushganidan keyin to'pni ushlashi kerak edi, lekin u unday qila olmadi. Jo'raqo'zievda ham yaxshi vaziyat bo'ldi, biroq unga omad yetishmadi. Yutishimiz ham yutqazishimiz ham mumkin edi, menimcha durang bugungi o'yin uchun to'g'ri natija. "Lokomotiv" - yaxshi jamoa, ularni yutishimiz ham mumkin edi.

- O'zgarishlarga qo'l urganidan keyin jamoaning o'yini tezlashdi. Nega o'zgarishlar bunchalik kech amalga oshirildi?
- Biz ikkita majburiy o'zgarishlar amalga oshirdik, futbolchilar charchab qolishdi. Bizda bir imkoniyat va uch o'zgarish qilish imkoniyati bor edi. Buni amalga oshirdik ham. Turopov maydonga tushib, o'z vaziyatidan foydalana olmadi.

- Zaxiradan tushgan Grigol Chabradze juda ko'p marta to'pni yo'qotdi.
- O'yinning tempi yuqori edi. Balki u tempni his qila olmagandir.

- Jamoaning hujumlarida to'p uzatishda havodagi kurashlarda futbolchilar kam holatlardagina to'pni yuta olishdi. Bu holatga qanday qaraysiz?
- O'yinni o'rganib chiqyapmiz. Jo'raqo'ziev iloji boricha to'pni ushlashga harakat qilmoqda. Raqib tarkibida markaziy himoyada bo'yi uzun futbolchilar o'ynashadi va ular o'yinni o'qishmoqda. Shunday bo'lsa-da, raqiblarda aytarli vaziyatlar bo'lgani yo'q. Barcha ko'rdi, Rahmatullaev yaxshi uzatma oshirganda, Jo'raqo'ziev vaziyatni ura olmadi. shunday bo'lishi kerak ekan... Barcha g'alaba qozonishni istaydi, bugun shunchaki to'p darvozaga kirmadi. Nima ham derdik. Futbolning hayoti shunaqa.

- "Lokomotiv" O'zbekiston kubogi yarim finalida "Andijon"ga qarshi o'ynaydi. "Qizilqum" ham o'tgan turda aynan "Andijon"ga qarshi bahs olib bordi. Mutaxassis sifatida ushbu yarim final juftligida kimning imkoniyatini yuqori baholaysiz?
- Menimcha, "Lokomotiv"ning imkoniyati yuqoriroq. O'yin uslubi ham, futbolchilarning bir-birini tushunishi ham "Andijon"ga qaraganda yaxshiroq. Bugun o'z maydonimizda o'ynagan bo'lsak-da, juda qiynaldik. "Lokomotiv"ning "Neftchi"ga qarshi o'yinini kuzatdim, jamoa safarda bu raqibini qiynab qo'ydi va zo'r o'yin bo'ldi. "Neftchi" o'ziga kelaman degancha, "Lokomotiv" uchta gol urib tashladi. Biz esa aynan shunga tayyorlandik. Jasur Yaxshiboev o'zining eski holatiga kirib bormoqda. Yozda "Lokomotiv" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganimizda, Jasur unchalik yaxshi holatda emasdi. Murabbiylar unga ishonishdi va u yaxshi darajasiga qaytmoqda. Menimcha, "Lokomotiv"Ning imkoniyati yuqoriroq. Bu mening fikrim.

Ўхшаш янгиликлар