
- Shuhrat aka, o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...
- O'yin haqidagi fikrim - “BuxDU” jamoasiga g'alaba kerak edi, “Paxtakor Farm”ni yutishimiz shart edi. “Paxtakor Farm”ga ham rahmat deymiz, munosib qarshilik ko'rsatishdi. Keyingi o'yinlarida omad tilab qolamiz. Birinchi o'rinda “BuxDU”ga kelganimdan keyin o'zgarishlar kiritib, xudo xohlasa, g'alabaga mos ravishda munosib jamoa shakllantirish uchun yanada yaxshi harakat qilaman.
- Ikkinchi bo'limda ikkita ketma-ket urilgan gollar raqib jamoaning koncentraciyasi yo'qolganining hisobiga bo'ldi deb o'ylayman. Lekin ungacha bo'lgan katta vaqt davomida ham, undan keyin ham jamoa oxirgi chiziqda to'rtta himoyachi bilan o'ynayapti. Deyarli teng darajada bo'lgan raqibga qarshi to'rtta himoyachi bilan o'ynash qay darajada to'g'ri? Yani bunday to'qnashuvlar asosan straykerlarni ochib berishi kerak emasmi?
- O'yinda eng asosiysi - g'alaba, qanday bo'lmasin. Lekin nima deymiz, biz shu o'yinga alohida strategiyani tanladikki, aynan himoyalanish, e'tibor, zichlik, shu nuqtayi nazardan, o'zingiz ham ko'rgan bo'lsangiz, savolingizga javob - e'tibor yo'qolmagani hisobiga biz o'sha ikkita golni urdik. Shuning uchun bolalarga rahmat, o'sha ko'rsatmani bajarishdi.
- Oxirgi savolim: bu yilgi “BuxDU”ning Proligadagi ishtirokini qanday baholaysiz, istiqbolda jamoani nima kutib turibdi?
- Xudo xohlasa, keyingi mavsum bizda global o'zgarishlar bo'ladi. Bu mavsum endi biz beshta tur qolganda jamoani qabul qilib qildik. Shunga qaramasdan, vazifamiz - “BuxDU”ni Proligada saqlab qolish. Lekin asosiy e'tiborimiz keyingi yil, yangi mavsumda yangi, raqobatbardosh jamoa qurish, maqsadimiz kuchli beshlikka kirish.